Türük

Dil, Edebiyat ve Halkbilimi Araştırmaları Dergisi

2013 Yıl:1, Sayı:1

Sayfa: 53-64                                                                                                                               

O’zbekistonda  demografik  muammolarning  o`rganilishi

Изучение  демографических проблем Узбекистана

Rahimjon Yusupov *

РЕЗЮМЕ

В статье обосновывается актуальность данной темы, формулируются цели, задачи исторической демографии. Работа посвящена изучению историографии проблем исторической демографии в Узбекистане. А также, на основе  широкого круга литературы и источников рассматриваются  проблемы  развития демографических процессов. В статье исследованы теоретические и методологические основы изучения демографических процессов второй половины ХХ. – начало ХХI. веков. Автор кратко иллюстрирует процесс демографического развития с точки зрения историографического обзора. Показывает источники формирования социально – демографических групп населения и анализирует исторические проблемы демографических процессов.

В заключении обобщаются полученные результаты и формируются  рекомендации историографического обзора  по  совершенствованию системы методов изучения демографических процессов в Узбекистане. В целом  в исследовании освещены вопросы о предмете и задачах исторической демографии как отдельной науки в системе исторических знаний.

Ключевые слова: Узбекистан, население, историю, демографию 

ÖZBEKİSTAN'DA NÜFUS SORUNLARI ARAŞTIRMASI

Özet

Makalede konunun amaçları, hedefleri ve tarihsel demografi tanımlanmaktadır. Özbekistan'da tarihçilik, tarihsel demografi sorunları yeniden araştırılmaktadır. Aynı zamanda, demografik sorunlar ve onların kaynakları derin bir araştırma sürecinden geçirilmektedir. Makalede XX. yüzyıllın ikinci yarısı ve XXI. yüzyılın başında Özbekistan’ın demografik süreçlerinin araştırılmasının kuramsal ve yöntemsel esasları tahlil edilmektedir. Yazar, tarih yazımı yorumunda, demografik gelişimin kısaca tarih yazımını açıklamaktadır. Sosyal kaynakların, demografik grupların, süreçlerin ve tarihsel sorunların incelendiği bir çalışmadır.

Sonuç olarak çalışmada, Özbekistan demografik süreçlerinin ve araştırma yöntemlerinin incelenmesi sonucu elde edilen tarih yorumunun bulguları ve önerileri özetlenmektedir. Genel olarak, çalışma, tarihsel bilgi sisteminde ayrı bir bilim olarak tarihsel demografi konulu ve amaçlı çalışmalar hakkında çeşitli soruları vurgulamaktadır.

Anahtar Kelimeler: Özbekistan, Nüfus, Tarih, Demografik


RESEARCHING THE DEMOGRAPHIC PROBLEMS OF UZBEKISTAN

Abstract

The article explains the relevance of the topic, defines goals, objectives of historical demography. The work paper is devoted studying the problems of historiography of historical demography in Uzbekistan.  And also, on a wide range of literature and sources are studied the problems of demographic processes. In the work researched the theoretical and methodological foundations of the studying demographic processes of the second half of the XX. -th and beginning of the XXI. - th century. The author briefly illustrates the demographic development in terms of historiography review, shows the sources of social - demographic groups and analyzes the historical problems of demographic processes.

In conclusion, are summarized the obtained results and formed recommendations of historiography review about improving the methods of studying of demographic processes in Uzbekistan. In general, the article answers common questions about the subject and the problems of historical demography as a separate science in the system of historical knowledge.

Key Words: Uzbekistan, Population, History, Demography

· Doç. Dr., Samarqand Davlat Universiteti, Ijtimoiy Iqtisodiyot Fakulteti

Giriş

O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgach, tarix fanimizda uzoq yillar davomida buzib talqin etilgan yoki yashirib kelingan demografik dalillarni, haqqoniylik va tarixiylik tamoyillari asosida tadqiq qilishga imkoniyat yaratildi. Vatanimiz tarixshunosligini rivojlantirishda zarurligi namoyon bo’layotgan tarixiy demografiyani o’rganishda erishilgan jiddiy va ijobiy o’zgarishlar, hamda dastlabki yutuqlar buning yaqqol dalilidir[1]. Aholining soni, tarkibi va tabiiy o’sishi kabi demografik jarayonlarni, tarixiylik printsiplaridan kelib chiqib, retrospektiv usulda yoritishga kirishildi.  Demografik tadqiqot usullaridan foydalanib yozilgan, tarixiy demografiya sohasini yorituvchi doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi[2]. Bu esa iqtisodiy, siyosiy, milliy-ma`naviy, ijtimoiy sohalarda yuz bergan murakkab o’zgarishlarni demografik tarixning  prizmasi orqali kuzatishga, o’tmishdagi  haqiqatni ilmiy tafakkur qilishga  yordam  bermoqda.

O’zbekiston tarixiy demografiyasini yoritishda aholini nafaqat hudud tushunchasiga bog’lab, balki xalq yoki millat bo’lib shakllangan odamlar majmuining ma`lum bir vaqt chegarasida turli xil demografik jarayonlardagi ishtirokini tarix nuqtai-nazaridan kuzatish dolzarb vazifaga aylandi. Bugun o’zbek xalqi deganda O’zbekistonda va jahonning boshqa mamlakatlari, mintaqalarida yashovchi barcha o’zbeklarni tushunmoq kerakligi bejiz emas. Hozirgi zamonda O’zbekiston aholisi deganda esa, faqat respublikamizda yashovchi aholini tushunmoq kerak. Chunki ular orasida o’zbeklardan tashqari turli millat va xalqlar, fuqaroligi bo’lmagan yoki muhojirlar, chet el fuqarolari va shu kabilar ham bo’lishi mumkin. Davlatimiz bosh qomusida ta`kidlaganidek, «O’zbekiston xalqini, millatidan qat`iy nazar, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi»[3]. Demak O’zbekistonda ham, demografiya fani rivojlanishi tarixini va tarixiy demografiyani bilish muhim ahamiyat kasb etadi.  Zero aholishunoslik sohasi bilimlarining to’planishi, asosan davlatchilikning taraqqiyotiga chambarchas bog’liqdir. Chunki aholishunoslik sohasida bilimlar qadimdan mavjud bo’lgan.

Vatanimizda fan, madaniyat va davlatchilik rivojlanishi juda qadimiy va boy tarixga ega. Aholi haqida qadimiy qo’lyozmalar, arxeologik yodgorliklar yoki qator ilmiy manbalar guvohlik beradi. Vatanimiz tarixi ilk marotaba, milloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarimiga oid yozma manbalarda qisman yoritilgan. O’rta Osiyo tarixiga tegishli “Avesto” yozma manbalari, dunyo tarixida birinchi bo’lib yurtimizdagi elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimi to’g’risidagi ma`lumotlarni o’z ichida saqlab qolgan.

O’rta asrlar davrida aholi soni, tarkibini va tuzilishini doimiy kuzatadigan tashkilotlar tuzilmagan bo’lsa ham Turkiston xalqlari haqida tasavvur bera oladigan ma`lumotlarni topa olish mumkin. Masalan, o’ziga xos aholishunoslikni joriy qilganlar orasida Amir Temur ham bor. Sohibqiron XIV. – XV. asrlarda buyuk davlatga asos solib, o’zining “Tuzuklar”ida aholi muammolariga qaratilgan qonunlarini yaratgan edi. “Tuzuklar”da Amir Temur o’zining davlatni boshqarishdagi, jumladan aholi nufuzini saqlash siyosatini, ko’p yillik tajribalarini kelgusi ajdodlariga etkazish maqsadida umumlashtiradi. Bular orasida zabt etilgan mamlakatlarda asirlikka olinganlar bilan muloqat qilish qoidalari alohida o’rin egallaydi[4].

Afsuski, yuqorida qayd etilganidek tariximizning turli bosqichlarida, O’rta Osiyo xalqlari haqida to’liq tasavvur bera oladigan demografik tarix ma`lumotlari to’liq holda jamlanmagan. Shu sababli tarixchi olimlar tomonidan kelgusida bajarishi zarur bo’lgan dolzarb vazifalardan biri, bu demografik tarixni yoritishga xizmat qiladigan yangi manbalardan, o’tmish demografik jarayonlarini ko’rsatadigan ma`lumotlarni izlab topishdan iborat.

Zamonaviy sharoitda, O’zbekistonda tarix fani rivojlanishida, demografik ma`lumotlardan foydalanishga ehtiyoj kattadir. Bu sohadagi ehtiyojning yuzaga kelishiga sabab, mustabid Sovet davlatining hukmronligi yillarida demografiyani haqqoniy o’rganishga, mamlakatimiz aholisi soni va tarkibiga ta`sir qilgan va turli xil ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ekologik muammolarni o`rganishga imkon berilmadi. Hattoki mustaqillikka erishganimizgacha, bu sohada respublikamiz oliy o’quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yilmadi.

Aholishunoslik muammolarini yorituvchi adabiyotlar tahliliga ko’ra,   sovet davlati hukmronligi yillarida demografik tarixni o’rganishga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar deyarli olib borilmadi. Chunki, sovet jamiyatida demografik jarayonlarni ilmiy tadqiqot ob`ekti sifatida o’rganish kommunistik mafkura tomonidan cheklab qo’yilgan edi. Boshqacha qilib aytganda, aholishunoslikka oid izlanishlar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tuzilishiga (aholini sinflarga ajratib, faqat kasb turiga qarab yoki aholi tarkibining yoshi va jinsiy tuzilishiga) mos holda olib borildi[5].   Demografik mavzuni o’rganish bilan bog’liq tadqiqot izlanishlarining bajarilishi XX. asrning 20-yillari bilan chegaralangan holda qolib ketgan edi[6].

Shunday bo’lsada,  aholi tarixini o’rganish butunlay to’xtab qolmadi. Tarixchilar tomonidan demografik rivojlanish muammolarini ilmiy o’rganish, 1970-yillar o’rtalari va 1980-yillar oxiridan boshlandi.  R.X.Aminovaning asarlarida jamiyatning ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotida ayollar ishtiroki masalalari tadqiq qilindi[7]. Olima muammoni o’rganishning XX. asrning ikkinchi choragi davri bilan ko’proq chegaralangan bo’lsada, uning tadqiqot ishlarida O’zbekistonda ayollarning ijtimoiy ahvoli haqida boy faktik materiallar keltiriladi. Xususan, onalikni, bolalikni muhofaza qilish, bolalar o’limi bilan bog’liq holatlarga bag’ishlangan tahlillari o’sha davr demografik siyosatini yoritishga xizmat qiladi.

Albatta,  aholi tuzilishida ayollar faolligini bu asarlar e`lon qilinishigacha umuman o’rganilmagan, deyish mumkin emas. Biroq R.X.Aminovaning izlanishlarida ayollarning jamiyatda tutgan muhim roli,  tarixiy demografiya nuqtai nazariga yaqin holda,  tarixiylikka xos omillar asosida ochib berildi. Aynan shu paytdan boshlab, O’zbekiston tarixshunosligida tarix,  iqtisod va demografiya fanlari vakillarining o’zaro ilmiy hamkorligi shakllana boshlagan edi. 1973 yilda S. Mullajonova, H.Tursunov, Q.Fozilxo’jaev hammualliflikda e`lon qildirgan « Край преображенный Октябрем» (Oktyabr o’zgartirgan o’lka) nomli asarda, tarixiy-iqtisodiy va demografik ko’rsatkichlar ilk bor keltiriladi. Biroq, ushbu tadqiqotlarga yillar o’tib baho berar ekanmiz, alohida ta`kidlash joizkim, mustabid tuzum sharoitida demografik muammolarni o’rganishning tarix fanida o’rni yo’q edi.

Sovet jamiyatida demografik jarayonlarni ilmiy tadqiqot ob`ekti sifatida o’rganish cheklab qo’yildi. Demografiya o’sha davrda butun mamlakat aholisini shunchaki hisobga olish bilan chegaralangan ediki, bu mazkur ilmiy tadqiqot sohasining rivojlanishiga ta`sir etmay qolmadi. Ammo, asta-sekinlik bilan tarixiy-demografik yondashuv, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning echimini topishda qo’llaniladigan bo’ldi. Bu davrda, O’zbekiston aholisi o’z ijtimoiy tarkibiga ko’ra, davlat tomonidan boshqariladigan va unga to’liq qaram bo’lgan sinflar - ishchilar, jamoa xo’jaliklariga birlashtirilgan dehqon (kolxozchi)lar va ziyoliy-intelligentsiya strata(qatlam)laridan iborat bo’lishiga harakat qilindi[8]. Shu sababdan tan olishimiz joizkim, yuqorida sarlavhalari keltirilgan asarlarning nomlanishi, o’z zamonasi zayliga mos holda, mafkuraviy tayziq ta`sirida belgilangan bo’lsa-da, baribir shu tadqiqotlarning yaratilganligi sabab, O’zbekistonda tarix fanining tarixshunosligiga bag’ishlab yozilgan manbada ham ilk marotaba,  demografik muammolarni alohida ilmiy izlanish sifatida bajarish zarurligi ko’rsatib o’tilgan edi[9].

Bundan keyingi yillar tarixshunosligida, demografik jarayonlarda ayollarning tutgan o’rni haqida D.A. Alimovaning doktorlik dissertatsiyasida va «O’rta Osiyoda ayollar: tarixini o’rganish va zamonaviy muammolari» nomli monografiyasida atroflicha ochib berildi[10]. Olima birinchilardan bo’lib sovet davrida yaratilgan ko’plab ilmiy ishlarga (xususan, 1940-1980-yillarga bag’ishlangan tadqiqotlarga) tanqidiy yondoshgan edi.

Mustabid tuzum sharoitida, O’zbekiston tarixchilarining o’rni, tarixiy - demografik jarayonlarni yoritishda sezilgan bo’lsa-da, faqatgina demografik mavzuga qiziqishning paydo bo’lishidagina namoyon bo’lgan edi. Chunki bu davrda hali aholi muammolarini ilmiy tadqiq qilinishiga bir qancha to’siqlar xalaqit berardi. Mazkur muammolar echimini topish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan tadqiqotchilar uchun arxivlarda saqlanayotgan joriy statistika materiallari umuman berilmas edi. Hujjatlar davlat arxivlarida mutlaqo maxfiylik sharoitida saqlanar edi. Bir qator masalalarni ochiq muhokama qilish (urush yillarida halok bo’lgan fuqarolar soni, qatag’onlarning demografik vaziyatga salbiy ta`siri oqibatlari; o’z yurtlaridan O’zbekistonga zo’rlab ko’chirilgan fuqarolar kontingenti, ularning «maxsus yashash» hududlaridan ozod etilishi va boshqalar) mumkin emas edi.

Bu yillarda faoliyat yuritgan tarixchilar o’z tadqiqot ishlarida o’tmishdagi demografik muammolarni o’rganishga asosan mehnat resurslarining shakllanishi, aholining ijtimoiy, madaniy-maishiy va ta`lim strukturasi, shuningdek, aholi tarkibidagi turli ijtimoiy guruhlarning mehnat faolligi nuqtai nazaridan yondoshdilar[11].  Bu izlanishlardagi kamchilik – bo’lib o’tgan demografik jarayonlarga mos statistika ma`lumotlaridan foydalanmaslikdir. Shunga qaramay, O’zbekiston tarixshunosligida mazkur tadqiqotlarni o’z sohalari bo’yicha muayyan izlanish sifatida ijobiy baholash mumkin.

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng demografik tarix muammolarini o’rganish zamonaviy bosqichga qadam qo’ydi.  Demografik rivojlanishni tarixiy omillarga bog’liq holda o’rganishda ahamiyati muhim bo’lgan ilmiy tadqiqotlar paydo bo’ldiki, ularda mutlaqo yangicha nazariy-metodologik yondashuvlar, ilmiy tafakkurning zamonaviy tamoyillari ko’zga tashlanadi. Bunday ishlar qatorida «O’zbekistonning yangi tarixi», «O’zbekistan davlatchiligi tarixidan lavhalar» singari mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan yirik tadqiqotlarni, D.A.Alimova va A.A.Golovanovning «O’zbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari» kitobini[12], D.A.Alimovaning «Markaziy Osiyo tarixshunosligida gender tuzilmasi mavjudmi?» [13] kabi maqolasini va ko’plab boshqa tadqiqotlarni keltirish mumkin.

O’zbekiston tarixiy demografiyasini o’rganishda nazariy-metodologik jihatdan muhim tadqiqotlar haqida fikr yuritib, 1998 yilda nashr etilgan O.Atamirzaev, V.Genshtke, R.Murtazaevaning «Uzbekistan mnogonatsional’niy: istoriko-demografichiskiy aspekt» (Ko’pmillatli O’zbekiston: tarixiy-demografik tomonlar) monografiyasi haqida alohida to’xtalish lozim.  Zero, e`lon qilingan ilmiy taqrizga asoslanib aytish mumkinkim,[14] monografiya O’zbekiston tarixiy demografiyasining o’ziga xos yangi yo’nalishiga asos solib, masalaga konkret amaliy yondashishi bilan ajralib turadi. Mazkur kitob aholishunoslik muammolarini o’rganishda, turli fanlarning o’zaro ilmiy hamkorligiga qo’shilgan katta hissa bo’lib ham hisoblanadi.           

Xuddi shu mualliflar 2004 yilda nashr ettirgan, «Межнациональная толерантность в Узбекистане: история и современность» (O’zbekistonda millatlararo bag’rikenglik: tarix va hozirgi zamon) deb nomlangan navbatdagi monografiyalarida sotsiologik tadqiqot hujjatlariga tayangan holda aholishunoslik muammolarini tahlil qildilar. Aniq misollarda, xalqimizga xos tolerantlik xususiyatlarini, millatlararo do’stlik va aholining tinch-totuv yashash printsiplarini chuqur o’rganadilar.  Bu asar O’zbekiston aholisida qadimdan shakllangan shakllangan ko’p millatlilikning tarixiy ildizlarini yoritib berdi.

Mustaqillik yillarida turli fan olimlari o’zaro hamkorligida yaratilgan ilmiy tadqiqotlardan yana biri «Историко-демографические очерки урбанизации Узбекистана» (O’zbekistonda urbanizatsiyaning tarixiy-demografik lavhalari) kitobini alohida ko’rsatib o’tish lozim[15]. Mazkur kitobda mualliflar jamoasi O’zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarini kompleks tarzda ko’rib chiqadilar. Boy demografik materialga ega bu kitob, tarixchilarning ilmiy tadqiqotlari uchun alohida ahamiyat kasb etib,  O’zbekiston tarixiy demografiyasi muammolarini o’rganishda tadqiqotchilarga uslubiy yordam beradi.

Tarixiy demografiya muammolarini ilmiy tadqiq qilish bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar sonining ortishi,  bu sohani yanada rivojlantirish uchun o’quv qo’llanmalari hamda darsliklar yaratishni dolzarb vazifa qilib qo’ydi. 

R.X. Murtazaevaning «O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag’rikenglik» nomli,  magistrlar uchun tayyorlangan o’quv qo’llanmasi, tarixiy demografiyani o’rganishda birinchi ijobiy namuna bo’ldi[16].  O’quv qo’llanmada, bag’rikenglikning tarixiy jihatlari, uning eng qadimgi davrdan to hozirgi kunga qadar Vatanimiz hududida namoyon bo’lganligi, yoritib berilgan. Shu bilan birga O’zbekiston hududida ko’p millatlilikning shakllanishi va taraqqiy etishi jarayoni tarixiy-demografik misollarda ko’rsatilgan. O’zbek tilida nashr etilgan qo’llanmada shu sohani rivojlantirishda xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirishning zarurligi ham juda o’rinli ravishda ko’rsatiladi.

Shu bilan birga, R.X. Murtazaevaning «Bag’rikenglik, ko’pmillatli O’zbekistonni birlashtiruvchi omil sifatida» deb nomlangan monografiyasida yoritilishicha, O’zbekistonda sovet totalitar tuzumi keltirib chiqargan oqibatlar, o’tgan asrning 80- yillarida respublikaning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo munosabatlariga, balkim, demografik jarayonlariga ham salbiy ta`sir etdi[17]. Garchi O’zbekistonda shahar aholisining ko’payishi sanoat taraqqiyotiga bog’liq bo’lsada, umuman respublikada qishloq aholisining shaharlarga ko’chib kelishi shaharlarning «tortish kuchi» bilan emas, balki tub joy aholisi paxta yakka - hokimligi bilan erga bog’lab qo’yilib, chetdan ishchi-mutaxassislar O’zbekiston shaharlariga ko’chirib keltirilishi bilan ifodalanar edi. Sovetlar tuzumi siyosati va yakkapartiyaviy mafkuraning iqtisodiyotdan, ijtimoiy sohadan ustuvorligi, respublika sharoitiga mos bo’lmagan ishlab chiqarish tarmoqlarining shakllantirilganligi, O’zbekistonda iqtisodiyot va ekologik muvozanatning buzilishiga, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishdagi xatoliklar, demografik jarayonlarning xususiyatini hisobga olmaslik, ishsizlikning kelib chiqishiga sabab bo’ldi.

R.H.Murtazaevaning tahliliga ko’ra, o’tgan asr oxirida tashqi migratsiyaning ko’lamini quyida keltirilgan demografik ko’rsatkichlardan bilib olishimiz mumkin. 1985 – 1990 yillar mobaynida hammasi bo’lib respublikadan 1 mln. dan ortiq kishi ko’chib ketgan bo’lsa, 715 mingga yaqin kishi ko’chib kelgan. Tashqi migratsiya hajmi 300 ming kishini tashkil qilgandi. Bu yillarda o’rtacha har yili respublikada aholi soni 50 ming kishidan ko’chib ketuvchilar hisobiga kamaygan. XX. asrning 90-yillar boshida bu ko’rsatkich qariyb ikki barobarga oshib, o’rtacha 70-80 ming kishiga etgan edi[17, - С. 82].

D.B. Bobojonovaning «O’zbekistonda demografik jarayonlar va ularning xususiyati» monografiyasi 1995 yilda nashr etildi. Kitobda asosiy e`tibor 70-80-yillarda aholi soni, uning o’sishi va migratsiyasi bilan bog’liq muammolarni o’rganishga qaratilgan. Muallif ekologiya hamda aholi sog’lig’ini saqlash muammolarining demografik jarayonlarga bevosita ta`sirini ochib berishga harakat qilganligi katta qiziqish uyg’otadi. Shu muallifning «O’zbekistonda ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar» (1999) o’quv qo’llanmasida millatlararo munosabatlar jarayonini o’rganishda demografik jarayonning evolyutsiyasi ko’rsatilib, bu omilning ijtimoiy-demografik sabablari tahlil qilinadi[18]. 

Sovet davlatining XX. - asr so’nggi choragida yuritgan milliy siyosati va uning oqibatlarini o’rganish ham faol olib borilmoqda. X. Yunusovaning 2005 yilda nashr etilgan «O’zbekistonda sovet davlatining milliy siyosati va uning oqibatlari» va 2009 yilda chop qilingan «O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va ma`naviy jarayonlar (XX. asr 80-yillari misolida)»nomli monografiyalarida hamda bir nechta ilmiy maqolalarida «paxta ishi» oqibatlari, 80-yillarda Farg’ona vodiysida yuzaga kelgan ijtimoiy keskinlikning asl sabablari o’rganiladi[19].

O’zbekistonda uzoq vaqt davomida yuz bergan demografik jarayonlarni qamrab olgan, 150 yillik tarixiy davrdagi aholishunoslik muammolarini yoritishga bag’ishlangan, O.B. Ata-Mirzaevning « Народонаселение Узбекистана: история и современность » (2009) kitobining nashr etilishi, [20] mazkur muammoni o’rganishga salmoqli hissa qo’shdi. Muallif o’z monografiyasida O’zbekiston aholisi dinamikasidagi o’zgarishlar, uning hududiy joylashishi, omillari, takror barpo bo’lishi, jinsiy va yosh tarkibi, hozirgi zamon rivoji muammolari haqida batafsil ma`lumotlar keltiradi. Biroq asarda, tadqqiq etilayotgan 1945-1991 yillarga, alohida e`tibor qaratilmagan. Vaholanki, sovet davlatining demografik siyosati mohiyatini tushunish va tarixini atroflicha yoritish uchun bu yillar tarixiy demografiyasini alohida o’rganish talab etiladi.

Hozirgi sharoitda,  ko’p mamlakatlarda tarixiy demografiya o’z mavqeini egallagan, tobora rivojlanib, ahamiyati oshib bormoqda. Bizda ham yaqin o’tmishimizdagi demografik jarayonlarga o’z ta`sirini o’tkazgan tarixiy voqealarga bag’ishlab yozilgan qiziqarli ilmiy ishlar ko’paymoqda. Ular orasida ikkinchi jahon urushi yillaridagi yo’qotishlar, O’zbekistonga turli xalqlar va millatlarning deportatsiya etilishi tarixiga bag’ishlangan tadqiqotlarni alohida ko’rsatib o’tish mumkin. Bu masalalar SH.D. Pirimqulov,[21] V.L. Genshtke,[22] P. Kim,[23] D.M.Inoyatovaning ilmiy tadqiqot ishlarida[24]  chuqur tahlil qilib o’rganildi. Ularda turli manba, guvohlar xotiralaridan tortib, so’nggi yillarda ochiq deb e`lon qilingan arxiv materiallarigacha jalb qilingan. Deportatsiya qilingan, ya`ni zo’rlik bilan ko’chirilgan xalqlar tarixiga bag’ishlangan ishlar tarixshunosligining masalalari A. Rahmonqulovaning ilmiy maqolasida umumiylashtiriladi[25]. Yuqorida qayd etilgan ilmiy tadqiqotlarda aholi tarkibiy tuzilishida yuz bergan nomutanosibliklar, uning sonidagi keskin o’zgarishlar, demografik jarayonlardagi katta yo’qotishlar haqida ko’plab qimmatli ma`lumotlar keltirilgan.

Bu masalalarda yanada to’laroq aniqlikka erishish uchun turli hududlar bo’yicha shu muammolar bilan shug’ullanuvchi olimlarning o’zaro ijodiy hamkorligini kengaytirish lozim (O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya Federatsiyasi). Chunki deportatsiya qilingan xalqlar va millatlarning aniq soni hanuzgacha to’liq aniqlanmagan va ular joylashuvining tarixiy geografiyasi haqida bir to’xtamga kelinmagan muammolar ham mavjud bo’lib turibdi.

Shaxsan O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan mustamlakachilik davridagi qurbonlar xotirasini abadiylashtirish Komissiyasi hamda «Shahidlar xotirasi» jamg’armasining tashkil etilishi sovet davrida aholi sonidagi yo’qotishlarni aniqlashga yordam bermoqda. 2006 yilda «Shahidlar xotirasi» jamg’armasi raisi N. Karimov tahriri ostida 20-50-yillardagi Stalin siyosiy qatag’oni oqibatlariga bag’ishlangan «Tarixning hasratli sahifalari» maqolalar to’plami nashrdan chiqdi. Maqolalarda qatag’on masshtabi va xarakteri yanada aniqroq ochib beriladi[26].

O’zbekiston tarixiy demografiyasi muammolarini o’rganishda D.A. Alimova tahriri ostida chop etilgan «Трагедия среднеазиатского кишлака: коллективизация, раскулачивание, ссылка. 1929-1955 гг. Документы и материалы» hujjatlar to’plamining ahamiyati nihoyatda katta (tuzuvchilar R.T. SHamsutdinov, B.M. Rasulov. – Toshkent, 2006) bo’ldi. To’plamdan respublikamizning markaziy arxivi hamda joylardagi arxivlar, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina arxivlaridagi ilgari e`lon etilmagan materiallar joy olgan[27].

Sonuç

Sovet davlatining XX. - asr so’nggi choragida yuritgan milliy siyosati va uning oqibatlarini o’rganish ham faol olib borilmoqda. X. Yunusovaning 2005 yilda nashr etilgan «O’zbekistonda sovet davlatining milliy siyosati va uning oqibatlari» nomli monografiyasida va bir nechta ilmiy maqolalarida «paxta ishi» oqibatlari, 80-yillarda Farg’ona vodiysida yuzaga kelgan ijtimoiy keskinlikning asl sabablari o’rganiladi[28].

Shu kabi, tarixiy demografiyaga yaqin izlanishlar  orasida SH.A. Haitovning «O’zbek muhojirlari tarixi (1917-1991 yillar) nomli monografiyasi xorijdagi o’zbeklar tarixini o’rganishda muhim qimmatga ega[29].  Bu asarda sovet tuzumining ta`qib va zo’ravonliklari tufayli muhojirlikka ketgan o’zbeklar taqdiri birlamchi manbalar asosida bayon qilingan.

O’zbekistonda tarixiy demografiya masalarini o’rganishda ilmiy anjumanlar, seminarlarning rolini ham aytib o’tish lozim. Masalan, 2010 yilda O’zbekiston Milliy universiteti tashabbusi bilan  «O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag’rikenglik: tarixiy tajriba va hozirgi zamon», 2007 yilda «O’zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari: tarix va hozirgi zamon», 2005 yilda «O’zbekistonda etnodemografik jarayonlar» mavzusida xalqaro konferentsiyalar bo’lib o’tdi[30]. Tarixiy demografik jarayonlarni o’rganishga bag’ishlangan shu kabi qator ishlar respublikaning hududlari miqyosida o’tkazilgan ilmiy anjumanlarda ham ko’rib chiqilmoqda[31]. Bu anjumanlarning nashr etilgan ilmiy to’plamlari demografiya masalalarini va uning tarixini o’rganish tobora rivojlanib borayotganini ko’rsatadi.

Shunday qilib,  O’zbekiston tarixshunosligida kam o’rganilgan yo’nalishlaridan biri bu tarixiy demografiyadir.  Respublikamizda tarixiy demografiya fanining yangi ekanligi, mutaxassislarning etishmasligi, demografik jarayonlar tadqiqining murakkabligi ham bu sohada tadqiqot ishini bajarishning o’ta muhimligini ko’rsatadi. 1989 yildagi ma`lumotlarga ko’ra, O’zbekiston tug’ilishi yuqori bo’lgan davlatlar guruhigi kirgan bo’lsa,[32]  erishilgan mustaqillik tufayli, XXI. asr boshida tug’ilish darajasi o’rtacha bo’lgan va demografik o’tish davri ostonasida turgan davlatlar guruhidan joy oldi[33].  Mustaqillik sharofati bilan O’zbekistonning demografik holati ancha yaxshi bo’lib demografik o’tish hech qanday uzilishlarsiz, bir tekis rivojlanmoqda. Bu holat, davlat tomonidan chuqur o’ylangan, ilmiy xulosaga asoslangan demografik siyosat yuritilishi tufayli yuzaga keltirildi.  Xulosa qilib aytish mumkinki, O’zbekistonda demografik o’tishning tarixiy masalalari tahlili, aholi o’sish sur`atlarining pasayotganidan, oilalarda bolalar sonining kam tug’ilayotganligi evaziga kam va o’rtacha bolalik oilalarning ko’payotganligidan, xususan demografik o’tish davri ostonasida turganligimizdan dalolat beradi. O’zbekistonning yangi tarixini to’la yoritish uchun uning tarixiy demografiyasini o’rganish zarur.

 

Foydalanilgan Adabiyotlar

1. Atamirzayev O.B., Gentshke V.L., Murtazayeva R.X., Saliyev A. Istoriko-demograficheskiye ocherki urbanizasii Uzbekistana. – Tashkent, «Universitet», 2002;  Ata-Mirzayev O.B., Gentshke V.L., Murtazayeva R. X. Mejnasionalnaya tolerantnost v Uzbekistane:  istoriya i sovremennost. – Tashkent, «Universitet», 2004; Shu mualliflar. Uzbekistan mnogonasionalnыy: istoriko-demograficheskiy aspekt. – Tashkent, «Abu Ali ibn Sino», 1998 va boshqalar.

2. Hayitov Sh.A. XX – asr o’zbek  muhojirligi tarixi. // Tarix fanlari doktori  ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya avtoreferati.  – T., 2009; Isoqov B.N. O’zbekistonda 80- yillarning ikkinchi yarmi - 2000 yillardagi tarixiy o’zgarishlarning demografik jarayonlarga ta’siri. //Tarix fanlari nomzodi ….  dissertasiya avtoreferati. – T., 2010; Xadjimuratova M.X. Farg’ona vodiysining demografik tarixi (1991-2006 yy.) // Tarix fanlari nomzodi …. dissertasiya  avtoreferati.  –  T.,  2011 va boshqalar.

3. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - Toshkent, «O’zbekiston», 2010. - B. 5.

4. Temur tuzuklari. – Toshkent, «Nashriyot – matbaa birlashmasi»,  1991. – B. 86-87, 95-100.

5. Axunova M.A., Lunin B.V. Istoriya istoricheskix nauk v    Uzbekistane. - T., 1970. - S. 100-114.

6. Shelestov D.K. Istoricheskaya demografiya.- M., 1987.- S. 223-230; Timm.Ye.S. Dvijeniye naseleniya goroda Tashkenta za 5 let. 1923-1927. – T., 1928; Shu muallifl. Opыt izucheniya yestestvennogo dvijeniya naseleniya v kishlakax. – T., 1929 va boshqalar.

7. Aminova R.X. Oktyabr i resheniye  jenskogo voprosa v Uzbekistane. – T. ,1975; Oktyabr i resheniye jenskogo voprosa  v SSSR (1917-1937 gg.). – M., 1978; Sosialnыye aspektы jenskogo truda v promыshlennosti Uzbekistana // Sovremennыye problemы razvitiya rabochego klassa Uzbekistana. – T., 1989. – S. 67-77.

8. Bu haqda batafsil qarang: Mahkamova N.R. Sosialnaya struktura obщyestva na territorii Uzbekistana: tradisii i transformasii. Avtoreferat dissertasii dokt. ist. nauk. – T., 2009. - S. 4 -5.

9. Aminova R.X., Axunova M.A.,  Lunin B.V. Istoricheskaya nauka v Uzbekistane.  – Tashkent, «Fan»,  1987. - S. 156.

10. Alimova D.A. Jenskiy vopros v sovetskoy istoriografii Sredney Azii (20-80-ye godы).  Avtoreferat dissertasii dokt. ist. nauk. – T., 1991; Jenskiy vopros v Sredney Azii: istoriya izucheniya i sovremennыye problemы.  – Tashkent, «Fan», 1991.

11. Sosialno-ekonomicheskiye  problemы Uzbekistana v usloviyax perestroyki.  – Tashkent, «Fan»,  1990; Problemы istorii respublik Sredney Azii i Kazaxstana v 40-50-ye godы. – Tashkent, «Fan»,  1989; Sovremennыye problemы razvitiya rabochego klassa Uzbekistana. – Tashkent, «Fan»,   1989; Aminova R.X. Aktualnыye  problemы sosialnogo razvitiya v Uzbekistane v usloviyax perestroyki. – Tashkent, «Fan»,  1991; Uzbekistan: stranisы istorii. – Tashkent, «Fan»,  1991 va boshqalar.

12. Sodiqov H., Jo`raev N. O`zbekiston tarixi. Tom I-III. –T., «Sharq», 2011; O’zbekistonning yangi tarixi. Tom  I-III. – T., «Sharq»,  2000; Ocherki   po istorii gosudarstvennosti Uzbekistana.  – Tashkent, «Fan»,  2001;  Alimova D.A., Golovanov A.A. O’zbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari. – Toshkent, «O’zbekiston», 2000 va boshqalar.

13. Alimova D.A. Suщyestvuyut li gendernыye konstruksii v istoriografii Sentralnoy Azii trex epox (kolonialnoy, sovetskoy i sovremennoy)? //  O’zbekiston tarixi, 2008, №2, - 59 – B. 69.

14. Qarang: Obщyestvennыye nauki v Uzbekistane, №7 – 8, 1999, - S. - 84 – 86.

15. Atamirzayev O.B., Gentshke V.L., Murtazayeva R.X., Saliyev A. Istoriko-demograficheskiye ocherki urbanizasii Uzbekistan. – T., 2002.

16. Murtazayeva R.H. O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag’rikenglik. – T., 2007.

17. Murtazayeva R.X. Tolerantnost kak integriruyuщiy faktor v mnogonasionalnom Uzbekistane. - Tashkent, «Uzbekistan», 2010. - S. 60-63, 81-82, 84.

18. Bobojonova D.B. O’zbekistonda demografik jarayonlar va ularning xususiyati. – T., 1995; Shu muallif.  O’zbekistonda ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar. – T.,1999.

19. Yunusova X. Sovet qatag’on siyosatining so’nggi bosqichi tarixidan.// O’zbekiston tarixi, 2003, №3. - B. 39-49; O’zbekistonda millatlararo munosabatlar tarixidan.//O’zMU xabarlari, 2000, №4, - B. 29-35.

20. Ata-Mirzayev O.B. Narodonaseleniye Uzbekistana: istoriya i sovremennost - Tashkent: Ijtimoiy fikr, 2009. – S. 229.

21. Pirimqulov Sh.D. Surgun qilingan polyak fuqarolari O’zbekistonda. – T. ,2006.; Polyak fuqarolari Samarqandda. – Samarqand, 1999;     Polskiye shkolы i detskiye uchrejdeniya v SSSR. – T. , 1990 va boshqalar.

22. Gentshke V.L. Iz istorii polskoy diasporы. // O’zbekiston tarixi, 2001, №1, - S. - 34 – 43; Deportasiya narodov v period sovetskogo totalitarizma gumanitarnaya katastrofa dlya obщyestva. // Vestnik NUU, 2000, №4, - S. 20-24.

23. Kim P. G. Koreysы Respubliki Uzbekistan: istoriya i sovremennost. - T. , 1993.

24. Inoyatova D.M. Vklad predstaviteley nemeskoy diasporы v razvitiye Uzbekistana. // O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va tarixiy jarayonlar. Ilmiy to’plam. – T., 2006, - B. 60-68.

25. Qarang: Raxmankulova A. Sovet davrida xalqlarni zo’rlik bilan ko’chirish tarixshunosligiga doir. // O’zbekiston tarixi. 2004, №1, - S. 30-40.

26. Tarixning hasratli sahifalari. - T., 2006.

27. Taqrizga qarang:  Jurnal RAN, Otechestvennaya istoriya, 2006, №6, - S. 190-193.

28. Yunusova X. Sovet qatag’on siyosatining so’nggi bosqichi tarixidan.// O’zbekiston tarixi, 2003, №3. – B. 39-49; O’zbekistonda millatlararo munosabatlar tarixidan.//O’zMU xabarlari, 2000, №4, - B. 29-35.

29. Haitov Sh. O’zbek muhojirligi tarixi (1917 – 1991 yy.) – Toshkent, «ABU matbuot - konsalt», 2008.

30. «O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag’rikenglik: tarixiy tajriba va hozirgi zamon» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. - T., 2010; O’zbekistonda etnodemografik jarayonlar (xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari), I -II qismlar. - T., 2005;  O’zbekistonda urbanizasiya jarayonlari: tarix va hozirgi zamon (xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari), I-II qismlar. – T., 2007.

31. «Tarix va taqdir: Farg’ona vodiysi tarixini tadqiq etish muammolari» (Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 1-2 kitob, 2000 yil 23-24 noyabr). Namangan, NamDU nashri, 2000; Zarafshon vohasi va uning tarixdagi o’rni (O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligiga bag’ishlangan ilmiy-nazariy konferensiya materiallari. 2001 yil 18-19 may) I-II-qism. Samarqand, SamDU nashri, 2001;  Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yangicha o’rganishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy konferensiya materiallari, I-II qism, 25-26 oktyabr. Samarqand, SamDU nashri, 2002; O’zbekistonda millatlararo munosabatlar: tarix va hozirgi zamon. Ilmiy - amaliy anjuman /O’zbekiston Milliy universitetining 85-yillik yubileyiga bag’ishlanadi. - Toshkent, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti, 2003; Akademik Yahyo G’ulomov tavalludining 95 yilligi va Tarix institutining 60-yilligiga bag’ishlangan «O’zbekiston tarixi va arxeologiya fanining dolzarb muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasi materiallari. Samarqand, SamDU nashri, 2003; Yoshlar tarbiyasida tolerantlik-davr talabi. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti, 2008  va boshqalar.

32. Bo’riyeva M. R., Yuldasheva M.A. Demografik muammolar. - Toshkent, «Universitet», 2003. - B. 30; Bo’riyeva M.R. Demografiya asoslari. - Toshkent, «Universitet», 2001. - B. 75.

33. Tojiyeva Z.N. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ijtimoiy-demografik masalalari. // O’zbekistonda ijtimoiy fanlar, 2010, № 1-2. - B.59.