Turkistonda jadidchilik harakati va yangi ziyolilarning shakllanishida Ismoil Gasprinskiyning faoliyati, ayniqsa, u nashr qilgan “Tarjimon” gazetasi muhim rol o‘ynadi. Turkiston jadidlarining Gasprinskiyga bo‘lgan munosabatini aniqlash ularning ijodi va faoliyatini batafsil tahlil qilishni taqozo etadi. Shu jihatdan olib qaralganda, Behbudiy turkistonlik jadidlar orasida Gasprinskiy bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan va “Tarjimon”da faol ishtirok etganligi bilan ajralib turadi. Behbudiy o‘z faoliyatida bevosita Gasprinskiy yo‘lini tanladi. U Gasprinskiyning til birligi g‘oyasini keng targ‘ib qildi va quvvatladi. Turkiston jadidchiligi mohiyatini anglashda Behbudiyning Gasprinskiy bilan ta’lim, ayniqsa siyosiy yo‘nalishdagi hamkorligini tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Behbudiy XX asr boshidagi Turkistonning yirik siyosiy arbobi sifatidagi qarashlari Gasprinskiy fikrlari bilan hamohang bo‘lganligini yana bir dalili sifatida uning sotsializmga bo‘lgan munosabatida ko‘rinadi. Behbudiyning Gasprinskiy bilan shaxsiy munosabatlari tahlili esa Turkiston jadidchiligi tarixini yoritish, uning yo’nalish va faoliyatini aniq belgilashda xizmat qiladi.
Primary Language | Turkish |
---|---|
Subjects | Creative Arts and Writing |
Journal Section | Research Article |
Authors | |
Publication Date | October 15, 2020 |
Submission Date | August 5, 2020 |
Acceptance Date | October 7, 2020 |
Published in Issue | Year 2020 Volume: 6 Issue: 2 |