Maqolada alloma adib Maqsud Shayxzodaning adabiy merosi xususida so‘z boradi. Zamondoshlarining ijodkorga bildirgan munosabatlari, hamfikr ekanliklari, ijodkorning adabiy muhitdagi faoliyati tubdan o‘rganilgan. Maqsud Shayxzodaning Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi kabi tarixiy siymolar obrazi ustida izlanishi va ularga bergan badiiy sifatlari adabiyotshunoslik nuqtayi-nazari bilan tahlil etilgan. Adib ijodiy merosi ustida olib borilgan tadqiqotlar eslab o‘tilgan. Shayxzodaga o‘zbek shoir va yozuvchilarining bahosi, shuningdek, o‘zbek adabiyotida alohida tan olinishi va e’tirof etilishi maqolada qisman keltirilgan. Shayxzodaning ijodkor umri bir kun tugaydi, lekin asl ijod umri hech qachon tugamaydi, degan falsafasi maqolaning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Primary Language | Azeri |
---|---|
Subjects | Modern Turkic Languages and Literatures (Other) |
Journal Section | Research Articles |
Authors | |
Publication Date | December 28, 2023 |
Published in Issue | Year 2023 Issue: 2 |