SHE’RIY MATNLARDA TERMINLARNING EPITET SIFATIDA QO‘LLANILISHI
Öz
Maqolada terminlarning epitet sifatida qo‘llanilishi xususida ilmiy fikrlar keltirilgan. She’riy asardan olingan misollar yordamida terminlarning epitet xosil qilishi lingvopoetik jihatdan tadqiq etilgan. Shuningdek, epitet orqali muallifning narsa-hodisalarni o‘ziga xos qiyoslash darajasi hamda tasvirlanayotgan voqelikka nisbatan munosabati namoyon bo‘ladi. Epitet murakkab tasvir vositasi sifatida o‘xshatish va metaforaga juda yaqin turadi. Shunga qaramay, o‘ziga xos belgi-xususiyatlariga ko‘ra ulardan farq qiladi.
Epitet – sifatlashning bir turi. Ammo u doimiy sifatlashdan ekspressivligi, ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan farq qiladi. Epitet – poetik aniqlovchi. Epitetning oddiy aniqlovchidan yana bir farqi shundaki, u ayni paytda tasvirlanayotgan narsaning so‘zlovchi nuqtai nazaridan muhim hisoblangan tomonini ta’kidlab, bo‘rttirib ko‘rsatadi. Ayniqsa, she’riy asarlarda bu ko‘proq talab qilinadi. Chunki she’riy asarda prozaik asarga nisbatan so‘zning estetik va emosional ta’siri kuchliroq bo‘lishi kerak.
O‘zbek tili lug‘at tarkibining ma’lum bir qismini tashkil etuvchi terminlar badiiy adabiyotda epitet sifatida qo‘llanar ekan, ma’lum narsa- hodisalarga xos xarakterli belgini emosional tarzda bo‘rttirishga xizmat qiladi. Maqoda filologiya,matematika va astronomiyaga oid ilmiy terminlarning epitet xosil qilishi tahlil qilingan, epitet badiiy tasvir vositasi sifatida nutq jarayonida til materialida bo‘lgan ichki imkoniyat asosida yuzaga keladi.
Anahtar Kelimeler
Supporting Institution
Project Number
Thanks
References
- Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo‘ng‘urov R., Rustamov H. O‘zbek tili stilistikasi Toshkent: O‘qituvchi, 1983.
- Mahmudov N., Xudoyberganova D. O‘zbek tili o‘xshatishlarining izohli lug‘ati. Toshkent: Ma’naviyat, 2013.
Details
Primary Language
Uzbek
Subjects
Language Studies
Journal Section
Research Article
Authors
Dilnoza Jamolıddınova
*
0000-0002-4837-4883
Uzbekistan
Publication Date
November 29, 2022
Submission Date
October 3, 2022
Acceptance Date
November 23, 2022
Published in Issue
Year 2022 Volume: 1 Number: 2