Araştırma Makalesi
BibTex RIS Kaynak Göster

DOSTONCHILIK AN’ANALARI VA UNING BUGUNGI SAQLANISH HOLATI

Yıl 2024, Cilt: 7 Sayı: 2, 844 - 853, 31.08.2024
https://doi.org/10.55666/folklor.1491128

Öz

Dostonchilik san’atining jonli og‘zaki ijro jarayonlarida yashashi va davom etishi baxshilarning barqaror an’analar doirasida shakllangan ijro mahoratlari bilan bog‘lanadi. Dostonchilik maktablarining yuzaga kelishi va ustoz-shogirdlik an’analari, baxshi shaxsi va uning doston ijrosi, an’ana va badiha, jamoa va individual ijro, baxshilarning o‘z ijodlariga bo‘lgan tanqidiy yondashuv, baxshi va uning tinglovchisi, soz va so‘zning badiiy ta’sir kuchiga e’tibor hamda epik ijrochining estetik qarashlari baxshichilik san’atining jonli og‘zaki an’analarda davom etishi va ijod qilishiga sabab bo‘lgan. Jonli ijodiy jarayonda kechgan mana shunday xususiyatlar bir qator dostonchilik markazlari – o‘nlab baxshichilik maktablarining faoliyat yuritib, xalq ma’naviy tafakkurini yuksaltirishda munosib hissa qo‘shganligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritgan va yuritayotgan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston dostonchilik maktablari buning yorqin misolidir. Garchi dostonchilik an’analari respublikamizning bir qator hududlarida turli ko‘rinishlarda rivoj topib, o‘ziga xos ijro usuli va yo‘llariga ega bo‘lsa-da, XX asrda kechgan ilmiy-texnikaviy rivojlanish, globallashuv, axborot almashuvining tezlashgani, xalqimiz ommaviy savodxonlik darajasining oshgani, yozma adabiyot va boshqa san’at turlarining xalq madaniy hayotidan keng o‘rin olgani dostonchilikning avvalgi mavqeini ancha sustlashtirdi. Ko‘plab dostonchilik maktablarining jonli jarayonlarda so‘nishiga olib keldi. Dostonchilikning an’anaviy tarzda davom etmasligi esa baxshi ijrosi va repertuariga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, doston matnlarining parchalanishiga olib keldi. Ushbu holatni o‘zbek dostonchilik an’analari misolida ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Kaynakça

  • Лорд А. (1994). Сказитель. ‒ М.: Восточная литература, ‒ С.25.
  • Mirzayev T. Folklor ijodkorlari va ijrochilari // O‘zbek folklori ocherklari. Birinchi kitob. ‒ Toshkent: Fan, 1988. ‒ B.13.
  • Поливанов Д.Е. Дальневосточные термины орудий писма // Сборник Туркестанского Восточного института в часть проф.А.Э.Шмидта. – Тошкент, 1922.
  • Yuldashev I. O‘zbekistonda baxshichilik va unga oid ayrim terminlar etimologiyasi xususida // “Folklor, til va madaniyat masalalarini ilmiy o‘rganishda fan va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2019. ‒ B.16.
  • Khazrai B. Bakshi // “Jahon sivilizatsiyasida baxshichilik san’atining o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. ‒ Toshkent, 2019. ‒ B.37.
  • Лорд А. Сказитель. ‒ М.: Восточная литература, 1994; Чичеров В.И. Школа сказителей Заонежья. ‒ М, 1982; Путилов Б. Эпическое сказительство. ‒ М.: Восточная литература, 1997; Новиков Ю.А. Сказитель и билинная традиция. -СПб, 2000; Райхл К. Тюркский эпос: традиция, формы, поэтическая структура. -М.: Восточная литература, 2008; Zarifov H. Fozil shoir-mashhur dostonchi // Fozil shoir. O‘zbek xalq ijodi bo‘yicha tadqiqotlar. 3-kitob. -Toshkent: Fan, 1974; Mirzayev T. Xalq baxshilarining epik repertuari. -Toshkent: Fan, 1979.
  • Fidakar Selami. O‘zbek dostonchilik an’anasida va boshqa turkiy xalqlar dostonchilik maktablarida nomlash va tasnif // “Folklor, til va madaniyat masalalarini ilmiy o‘rganishda fan va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy‒ amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2019. ‒ B.40.
  • Zarifov H. Fozil shoir – mashhur dostonchi // Fozil shoir. O‘zbek xalq ijodi bo‘yicha tadqiqotlar. 3- kitob. ‒ Toshkent, 1976. ‒ B.9.
  • Mirzayev T. Xalq baxshilarining epik repertuari. – Toshkent: Fan, 1979. ‒ B.39.
  • Кыдырбаева Р.З.Сказительское мастерство манасчи. -Фрунзе: Илим, 1984.стр. 4.
  • Радлов В.В. Образцы народной литературы северных тюркских племен. Ч.5. Наречие дикокаменных киргизов. ‒ СПб., 1885.- С.89.
  • Alpomish. Doston. Aytuvchi Xushvaqt Mardonaqulov. Nashrga tayyorlovchi T.Turdiyev. ‒ Toshkent: Yozuvchi, 1998. ‒ B.30.
  • Путилов Б. Эпической сказителство. -М.: Восточная литература, 1997. Стр. 274.
  • Sarimsoqov B. “Alpomish” klassik epos namunasi. O‘zbek tili va adabiyoti, jurnal. 1999 №4-son. 7-bet.
Toplam 14 adet kaynakça vardır.

Ayrıntılar

Birincil Dil Türkçe
Konular Güney-Doğu (Yeni Uygur/Özbek) Türk Lehçeleri ve Edebiyatları
Bölüm Makaleler
Yazarlar

Nasim Ochilov Bu kişi benim 0009-0005-6540-6567

Erken Görünüm Tarihi 28 Ağustos 2024
Yayımlanma Tarihi 31 Ağustos 2024
Gönderilme Tarihi 28 Mayıs 2024
Kabul Tarihi 26 Temmuz 2024
Yayımlandığı Sayı Yıl 2024 Cilt: 7 Sayı: 2

Kaynak Göster

APA Ochilov, N. (2024). DOSTONCHILIK AN’ANALARI VA UNING BUGUNGI SAQLANISH HOLATI. Folklor Akademi Dergisi, 7(2), 844-853. https://doi.org/10.55666/folklor.1491128